Zakotni oziq-ovqat ko‘rinishida berish

Assalomu alaykum! Zakotga ajratilgan miqdorni ma’lum miqdorini yoki xammasini xozirgi (karantin) kundan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari olib extiyojmand oilalarga tarqatib yuborsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotdan deb ajratib bersa bo‘ladi. Ammo imkon bo‘lsa pulni o‘zini mulk qilib qo‘liga bersangiz yanada afzal bo‘ladi. Chunki har kimni ehtiyoji har xil. Siz bergan oziq-ovqat mahsulotlaridan ko‘ra boshqa narsaga ehtiyoji bo‘lsa o‘zi sotib oladi. Albatta berayotganda haqiqiy haqdorini aniqlash shart. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:23 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar