Shunday duo bormi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, quyidagi duoni o‘qigan insonga samodagi farishtalar mag‘firat tilaydimi? «La ilaxa illallox qobla kulli axad la ilaxa illallox ba’da kulli axad la ilaxa illallox yabqo robbuna va yafna kulli axad». Duoning ma’nosini xam bildirsangizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bor, buni imom Tabaroniy rivoyat qilganlar. Ma’nosi : “Hammadan oldin ham Undan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohgina bor edi. Hammadan keyin ham bor bo‘ladi, Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Robbimiz boqiydir Undan o‘zga barchasi foniydir”.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 155 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar