Kiyimlarga jonli suratlar bosish

Assalomu alaykum! Men tekistil maxsulotlarga kiyimlarga, ko‘rpalarga bolishlarga va shunga o‘xshagan narsalarga gul bosish tsexida ishleyman. Bizning ishda ko‘rpa va bolishlarga asosan oqqush tuya shunga o‘xshagan jonli suratlar ham bosib beramiz va made in turkey deb ham qo‘yamiz, kiyimlarga ayollar kiymi halatlarga ham quyoncha, ayiqcha, mikkimous, kapalak va shunga o‘xshagan jonli suratlar bosamiz, yosh bolalar kiyimlariga ham ayiqcha quyoncha multfilm qahramonlarining suratlarini bosamiz. Bu ishimiz joizmi? Men bu ishxonada oddiy ishchiman rahbarimiz shunga o‘xshagan ishlar buyursa nma qilishimiz kerak.Bu ishni qilganda ishchimi,rahbarmi,yoki shu ishga buyurtma berga mijoz qay biri gunohkor bo‘ladi.Savolim uzun bo‘lgani uchun uzur.Bu ishlar hozirda judda keng tarqalgan va ayni payita rivojlanyapti.Bu savol javobni telegram kanaliga ham qo‘yselar ko‘plab shu ish egalariga jo‘natar edm.Javob un oldindan rahmat.Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shar’an hammasi gunohkor bo‘ladi. Unday suratni bosmang. O‘zbekistonda ishlab “made in turkey” deb yozishingiz yolg‘on bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:32 | Savol-javoblar | 197 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar