Ikkilanish

Assalamu alaykum! Meni anchadan beri qiynab keladigan bir savol bor. Bir yarim yildan beri bir qizda ko‘nglim bor. U menga qarindosh. U hali kollejni bitirmagan. Uning ota-onasi unga uylanishimga rozi. Mening ota-onamgila esa unga uylanishimga qarshi bo‘p kelishadi. Bir yil davomida ancha istihora nafl namozini o‘qidim to‘g‘ri yo‘lini Alloh ko‘rsatsin deb. Biroq haligacha nima qilishni bilmay, ikkilanib yurimman. Ota-onamni ham rozi qilmasdan uylanomiman o‘sha qizga. Xullas, boshim qotdi. Maslahat bersangiz, nima qilsam to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘laman. Agar savolim noo‘rin ko‘ringan bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onangiz bu nikohdan biror diniy jihatni ko‘zlayotgan bo‘lsalar kerak. Agar bunday bo‘lmasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari bor. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، عِنْدَنَا يَتِيمَةٌ قَدْ خَطَبَهَا رَجُلَانِ مُوسِرٌ وَمُعْسِرٌ، هِيَ تَهْوَى الْمُعْسِرَ وَنَحْنُ نَهْوَى الْمُوسِرَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَمْ يُرَ لِلْمُتَحَابِّينَ مِثْلُ النِّكَاحِ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh! Bizning bir etim qizimizga ikki kishi – bir boy va bir kambag‘al sovchilik qildi. U kambag‘alni istayapti, biz boyni istayapmiz», – dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sevishganlar uchun nikohga o‘xshagani ko‘rilmagan», – dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan. Bu hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam etim qizning ko‘ngliga qanchalik e’tibor berganlariga qarang! Kim bo‘lishidan qat’i nazar, insonning ko‘ngli bor. Uning rioyasini qilish kerak. Ammo, ushbu o‘ta muhim masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Bunda bolalarning ota‑onalariga qarshi chiqishlari noqulay holatga sabab bo‘ladi. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 193 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar