Nomozda to‘g‘ri o‘tirish

Assalomu alaykum! Nomozda o‘tirgan xolda o‘ng oyog‘ni barmoqlarini qiblaga qaratip,chap oyog‘ini ustiga o‘tirolmasa nomozi to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki bo‘lmasa chap oyog‘ni ustiga o‘tirib o‘ng oyog‘ni barmoqlarini qiblaga qaratmasa to‘g‘ri bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ اللهِ أَنَّهُ أَخْبَرَهُ، أَنَّهُ كَانَ يَرَى عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَتَرَبَّعُ فِي الصَّلَاةِ إِذَا جَلَسَ، فَفَعَلْتُهُ وَأَنَا يَوْمَئِذٍ حَدِيثُ السِّنِّ، فَنَهَانِي عَبْدُ اللهِ بْنُ عُمَرَ وَقَالَ: إِنَّمَا سُنَّةُ الصَّلَاةِ أَنْ تَنْصِبَ رِجْلَكَ الْيُمْنَى وَتَثْنِيَ الْيُسْرَى. فَقُلْتُ: إِنَّكَ تَفْعَلُ ذَلِكَ. فَقَالَ: إِنَّ رِجْلَيَّ لَا تَحْمِلَانِي   Abdulloh ibn Abdulloh xabar qiladi:
«Men Abdulloh ibn Umarning namozda o‘tirganida chordona qurib olganini ko‘rar edim. Men ham shunday qildim. U vaqtda yosh bola edim. Abdulloh ibn Umar meni bundan qaytardi va: «Namozning sunnati o‘ng oyog‘ingni tiklab, chapini bukib o‘tirishing, xolos», dedi. «O‘zingiz shunday qilyapsiz-ku?» dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydi-da», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:32 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar