Do‘konimda narsa tashlab ketib egasi kelmasa

Assalomu alaykum! Men tuman markazidagi do‘konda savdo qilaman. 2 xafta oldin bir otaxon o‘g‘lim do‘koningda turib tursin deb oziq-ovqat maxsulotlarini tashlab chiqib ketdi. Men u otaxonni tanimasdim, savdo bilan chalg‘ib ismlarini xam so‘ramabman. Mana 2 xaftadan omonatlarini saqlab turibman. Agar otaxon kelmasalar men bu oziq-ovqatlarni ularni nomidan muxtojlarga berib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha, lekin pulini hisoblab qo‘ying. So‘rab kelganida yoki qachon o‘sha kishini topganingizda pulini berib yuborasiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar