Ichkilikka mukkasidan ketgan er
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, turmush qurganimga 18 yil bo‘ldi. Shu davr ichida 3 farzandli va uy joyli bo‘ldik, lekin shu 18 yil ichida oilamiz tinchini bir muammo buzib keladi, ya’ni ichkilik aroqxo‘rlik. Bu yo‘ldan qaytarish uchun jon jaxdim bilan kurashdim, ammo foydasiz. 3 yil oldin ko‘krak saratoni kasalligiga uchradim. Allohni rahmati cheksiz, kasallik erta aniqlanganligi tufayli qilingan muolajalar samara berdi. Farzandlarim xali yosh ularga men xali juda kerakman. Doktorlar sizga ortiqcha siqilish sog‘ligingizga beparvo bo‘lish mumkin emas, kasallik yana qaytalanishi mumkin degan. Xo‘jayinim 18 yil ichida shunchalik aroqqa o‘rganib qolganlarki usiz xayotlarini tasavvur qilolmaydilar, ichib olganlarida esa butunlay boshqa odamga aylanib meni va farzanlarimni tinch qo‘ymaydilar. Xullas uyimizda xar kuni ichkilik va xar kuni asab buzarlik. Turmush o‘rtog‘imdan shunchalik bezib ketganmanki..... Sizdan savolim shuki, men xo‘jayinim bilan yashagim kelmiyapti, u bilan ajrashishimning ilojisi bormi? Chunki o‘z xoxishi bilan u menga taloq bermaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloqni olmaguningizcha u odamning ayol hisoblanasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloqni olmaguningizcha u odamning ayol hisoblanasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush