Qazo namoz fidyasi

Assalomu alaykum! 32753 raqamli savolga berilgan javobda: “Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati»  deyilgan. 92095 raqamli savolga berilgan javobda esa: “Bir kunlik 5 farz  va 1 vojib namoz uchun jam’i 3 so’ to‘lash kerak»  deyilgan. Bir kunlik qazo qilingan namoz uchun fidya 3 so’ mi yoki 0.5 so’? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir vaqt namozi uchun yarim so’. Shunga binoan 5 vaft namoz vitr bilan qo‘shilsa 3 so’ bo‘ladi. قال السرخسي في المبسوط: إذا مات وعليه صلوات يطعم عنه لكل صلاة نصف صاع من حنطة، وكان محمد بن مقاتل يقول أولا: يطعم عنه لصلوات كل يوم نصف صاع على قياس الصوم، ثم رجع فقال: كل صلاة فرض على حدة بمنزلة صوم يوم وهو الصحيح.. انتهى  Imom Saraxsiy “Mabsut” kitoblarida : “Bir kishi vafot topib, zimmasida bir necha vaqt namozning qazosi bo‘lsa, uning tarafidan har bir vaqt namoz uchun bug‘doydan yarim so’ taom beriladi. Muhammad ibn Muqotil(Abu Hanifa rahmatullohi alayh shogirdlaridan) “Avvalda: har bir kun uchun ro‘zaga qiyos qilib, yarim so’dan bug‘doy beriladi” der edi. So‘ng undan qaytib, “har bir farz namozi bir kunlik ro‘za kabi alohida bo‘ladi. Shu gap sahihdir” deganlar”. Hanafiy ulamolari shu qavlni ixtiyor qilganlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 13:21 | Savol-javoblar | 228 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar