O‘g‘il farzand ko‘rish uchun hisoblatish joizmi?
Assalomu alaykum! Qiz ham o‘g‘il ham farzand lekin avlod davomchisi deb o‘g‘il farzandni aytishadi. Hozirgi kunda ekologiya va turmush sharoit tufayli asosan qiz farzandlar tug‘ilayapti. Meditsinadan ma’lumki o‘g‘il yoki qizli bo‘lish erkak kishi qobiliyatiga bog‘liq. Qizlari ko‘p bo‘lgan oilalar hozirda xisoblatib o‘g‘il tug‘ish harakatini qilishyapti. Bu amaliyot UZI orqali follikulometriya usulida amalga oshiriladi. Shu shariatda joizmi deb so‘ramoqchidim. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Follikulometriya usulida amaliyot olib borish bolani o‘g‘il yoki qiz jinsiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi. Agar EKO usulida urug‘larni alohida olib, ularni iks igrik xramasomalarni ajratib, o‘g‘ilga tegishli xramasomalarni ajratib, onaning urug‘i bilan urchitib yana qaytadan onaning bachadoniga solish bilan o‘g‘il tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xitoy va Turkiya kabi davlatlarda bu narsa keng rivojlangan. Biz bu amaliyotning shar’iy yoki noshar’iy jihatini aytamiz. Vallohu a’lam!
https://fiqh.uz/maqola/539
21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush