Ukamni yo‘lga solish uchun
Assalomu alaykum! Yoshim 23da ko‘p muddat chet elda ishlaganman dinimizga qarashlarim oldin boshqacha edi. Oxirgi chetga chiqishimda qalbimda dinimizga bo‘lgan muhabbat paydo bo‘ldi, namozlarni qoldirmay o‘qiyapman, arab tilidan kurslarga qatnay boshladim, mendagi o‘zgarishdan uydagilar tajublanishmoqda. Ularga ham namozni o‘qinglar deb da’vat qilmoqdaman, uyimiz Shayx Muhammad Sodiq xazratlarini kitob va maruzalariga to‘la, shularni o‘rganinglar, o‘qinglar deb buyuryapman. Kata ukamni (yoshi 19) namozga chorlasam menga o‘ziz o‘qisez bo‘ldi bir ikki marta aytdiz qimadimmi o‘zimda yo‘q o‘qimayman deb “sizdan shubhalanyapman” deb ters gapirdi. Vaholanki telefonidan internetdan bemani narsalarni ko‘rayotganidan xabardor bo‘ldim, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlamoqchi bo‘ldim, faxsh va gunoh ishlarni qilmaslikka chaqirdim u bo‘lsa meni urishib berdi. Qanday yo‘l tutishga ham hayronman, nima qilay maslahat beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Ro’d” surasida marhamat qiladi: لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِّن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنْفُسِهِمْ وَإِذَا أَرَادَ اللّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلاَ مَرَدَّ لَهُ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِ مِن وَالٍ 11. Uning oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor. Uni Allohning amri ila muhofaza qilib tururlar. Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas. Agar Alloh biror qavm¬ga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo‘lmaydi va ular uchun Undan o‘zga valiy ham yo‘q.
Alloh bir qavmni o‘zgartirishi uchun qavmdan ham o‘zgarishga biroz harakat sodir bo‘lishi kerak. O‘zingiz misol chetga chiqish sizdagi bir o‘zgarish bo‘ldi, o‘sha joydagi yaxshi insonlarga qo‘shilish yomonlarni jirkanch ahvolini ko‘rish sizdan sodir bo‘ldi, so‘ng Alloh taolo sizni qalbingizga muhabbatni solib qo‘ydi. Xuddi shuningdek namozi yo‘q xonadon ahllariga ham o‘zgartirish kerak bo‘lsa ular ichidan qalbi dinga moyil bo‘lganini topib masjidga olib chiqish kerak. shu o‘zgarish butun xonadonni namozxon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ilm yo‘q xonadon ahlidan birini ilm tomoniga tortilsa butun xonadon ilmli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Oilaga namozxon va taqvoli qizni kelin qilinsa yillar o‘tib o‘sha xonadon ahli ilm, namozxon va taqvodor bo‘lib o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Banda bir kichik o‘zgarishni paydo qilsa qolganini Alloh taolo O‘zi o‘zgartirib yuboradi. Ukangizni o‘zgarishiga ham biror jiddiy sababni qiling. Qolganini Alloh taolo O‘zi to‘g‘rilab qo‘yadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi” deganlar. Xuddi shuningdek benamoz ota-ona farzandni benamoz qiladi va hokazo. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush