Marhumlar ortidan yig‘lash

Assalomu alaykum! Marhumlar ortidan yig‘lash yoki qabr ustiga kelib ko‘z yosh to‘kish haqida dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu holatdagi sunnatlari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam inson boshiga musibat tushganda yig‘lashi, ba’zi so‘zlarni aytishligi, ojizligini izhor qilib, tadbirini ko‘rishi mumkinligi bildirganlar. O‘g‘illari Ibrohim vafot topganida ko‘zlariga yosh kelgan. G‘amginliklarini izhor qilganlar.  عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلْنَا مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى أَبِي سَيْفٍ الْقَيْنِ - وَكَانَ ظِئْرًا لِإِبْرَاهِيمَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، فَأَخَذَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِبْرَاهِيمَ فَقَبَّلَهُ وَشَمَّهُ، ثُمَّ دَخَلْنَا عَلَيْهِ بَعْدَ ذَلِكَ، وَإِبْرَاهِيمُ يَجُودُ بِنَفْسِهِ، فَجَعَلَتْ عَيْنَا رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَذْرِفَانِ. فَقَالَ لَهُ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَوْفٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ : وَأَنْتَ يَا رَسُولَ اللهِ؟! فَقَالَ: «يَا ابْنَ عَوْفٍ، إِنَّهَا رَحْمَةٌ». ثُمَّ أَتْبَعَهَا بِأُخْرَى فَقَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ الْعَيْنَ تَدْمَعُ، وَالْقَلْبَ يَحْزَنُ، وَلَا نَقُولُ إِلَّا مَا يَرْضَى رَبُّنَا، وَإِنَّا بِفِرَاقِكَ يَا إِبْرَاهِيمُ لَمَحْزُونُونَ  Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga temirchi Abu Sayfning oldiga kirdik. U Ibrohimning – unga Allohning salomi bo‘lsin – sut otasi* edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohimni olib, o‘pdilar va hidladilar. Keyinroq uning oldiga yana kirdik. Ibrohim jon taslim qilayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari yosh to‘ka boshladi. Shunda Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu u zotga: «Siz ham-a, ey Allohning Rasuli?!» dedi. U zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir», dedilar. So‘ng ketidan yana yig‘lab: «Albatta, ko‘z yosh to‘kadi, qalb mahzun bo‘ladi, ammo Robbimiz rozi bo‘ladigandan boshqani aytmaymiz. Albatta, biz sening firoqingdan juda mahzunmiz, ey Ibrohim», dedilar». Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar