ielts bali

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, men til o‘quv markazida ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida 6 oydan beri ishlab kelmoqdaman. Savolim shuki ko‘p xollarda studentlar ielts balim haqida qaysarlik bilan so‘rashadi. Shu xollarda o‘zimda boridan yuqorilatib aytsam bo‘ladimi? Qolaversa ular qiladigan muomala ham balga mutanosib ravishda bo‘ladi. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirmang, balki aytmoqchi bo‘lganingizga loyiq bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar