Jahldor bo‘lib qoldim

Assalomu alaykum! Man uchun Aziz bo‘lgan ustozlar, man judda xam jahldor bo‘lib sal narsaga jaxlim chiqadigan bo‘lib qoldim. Uyda, ko‘chada va savdoda xam ko‘p narsa yoqmay qoldi. Robbimdan najot so‘rab ko‘p duo qilyapman mani shundok qaritmagin deb. Iltimos mandagi shu rasvo odatni ketishiga va ko‘nglimni keng bo‘lishiga duolar bo‘lsa o‘rgatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu mutakabbirlikning alomati. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qalbida zarracha kibri bor odam jannatga kirmaydi” deganlar. Kibr nima deb so‘raganlarida “Haqni inkor qilish va o‘zdan boshqalarni past bilish” deganlar. Inson o‘zidan yuqori deb bilgan kishisiga jahl qilolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:45 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar