Ramazonda vaqti kushod
Assalomu alaykum! Bir vodiylik tanishim ramazon oyini oxirgi kunida vaqti kushod bo‘ladi deb qoldi. Yani u erda ko‘plar ramazon oyining oxirgi kunida peshindan keyin og‘izni ochishga ruxsat bor deb og‘iz ochishar ekan. Men unga bizda Toshkentda bunday odat yo‘q va bu xaqda biror xadis ham eshitmaganman dedim. Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Vaqti kushod o‘zi nima va nega ular og‘izni peshindan keyin ochishadi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gapni aytuvchi kimsalar ro‘zasini ochdirgan barcha ro‘zadorlarning gunohini zimmalariga yuklab olgan bo‘ladilar. Shariatimizda falon kuni ertaroq ochiladi degan narsa yo‘q. Bu din dushmanlarining o‘ylab topgan makrlaridan biri. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/s/61674
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za