Ribo masalasida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, do‘stimga 2015-yilda firmasini yuritishga qarz berganman. Qarz evaziga firma foydasidan foiz berishiga kelishganmiz. Firma raxbarligini do‘stim bajarib kelgan. Men firmaning  yuridik ishlari, dastgohlarni tiklash va yasash ishlari, maslahatchi ishlarini bajarganman. Firmani daromadi yaxshi darajada bo‘lib kelmoqda. Menga berilgan foizlar foydasidan 8-10 barobar ko‘p, olgan daromadimga roziman. Shu harakatlarim ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishuvda “foydani teng sherik, yoki uchdan biri menga” kabi shaklda kelishib olgan bo‘lsangiz joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar