O‘zidan o‘zi shirk gaplarni aytish

Assalomu alaykum! Ichimda o‘zim xoxlamasamda Allohga shirk keltirib qo‘yabman keyin darxol tavba qilaman lekin bu xol ko‘p takrorlanib turadi. O‘ylab siqilaman, oxiratim kuyib ketmadimikan deb. Bu shayton vasvasasimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Siz Laa havla valaa quvvati illaa billah ni to‘xtatmasdan qaytaravering. Davomida Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn ni ham o‘qing. Xayolingizga nima kelsa ham e’tibor bermasdan o‘sha duolarni qaytaring. Vasvasa bilan inson dindan chiqib qolmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: جَاءَ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلُوهُ: إِنَّا نَجِدُ فِي أَنْفُسِنَا مَا يَتَعَاظَمُ أَحَدُنَا أَنْ يَتَكَلَّمَ بِهِ، قَالَ: «وَقَدْ وَجَدْتُمُوهُ؟» قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: ذَاكَ صَرِيحُ الْإِيْمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha kishi kelib, u zotga: «Ko‘nglimizga shunday narsalar keladiki, bularni aytishni juda og‘ir (gunoh) deb bilamiz», deyishdi. U zot: «Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi?» dedilar. «Ha», deyishdi. U zot: «Ana o‘sha ayni iymondir», dedilar».
(Sahihul Muslim).  Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar