Ota va farzand muomalasi
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang axli jamoasi oilada 4 farzandning to‘ng‘ichiman. 5 yil oldin dadam pul topish maqsadida horijga jo‘nab ketdi va men shu yili oliygohga shartnoma asosida o‘qishga kirdim. Dadamga xabarni aytsak pul yubora olmasligini, pulini o‘zim to‘lasam o‘qishim mumkinligini aytdilar. Onam bilan bazor ishlab to‘lardik, orada esa dadamning yuborgani hatto ro‘zg‘orga ham etmasdi. Ukalarim och dada pul yuboring bizniki kontraktdan oshmayapdi desam nima qilay derdilar. Vaholanki uydaligida ham zo‘rg‘a qornimizni boqib qolgan pullarini maishatga sarflardilar. Oldin ko‘p pul topgan, lekin juda minnatli edi, eb yotarlar deb so‘kardilar. Onam kam ko‘st aytsa hatto qo‘l ham ko‘tarardila. Orada menga sovchi keldi, o‘zidan onam izn bersez non sindiramiz kelasi yil to‘y dedi. Dadam izn berdilar to‘y vaqti yaqinlashib kelganda esa dadam to‘yni buzishimizni to‘y qilishga qurbi etmasligini aytdi, onam qanday qilib axir ular bizni 1yil kutdi, uzuk ham taqdi desalar dadam onamga 3 taloqsan dedi. Keyin bilsak boshqa bir boy ayolga uylangan ekan. Hozir ham ukalarimni ko‘p ochqotadi, onam ayol boshi bilan hamshiralik qilib amallab kelyapdi, endi ukam singlim voyaga etay deb qolib ularga pul etmayotgan bir paytda men dadamga vaziyatni tushuntirdim. Tushunmadilar, pul yuboring desam onang qandey yo‘l bilan bo‘lsa ham pul topsin, meni tinch qo‘yish dedilar. Oqibatda har hil yomon so‘zlar bilan seni oq qilib yuboraman menga aql o‘rgatma dedilar. Ularga eng yomon aytgan so‘zim “Alloh o‘z jazoizni bersin” dedim. Shundan keyin har hil yomon gaplar aytdi, qarg‘ardi. Shundan buyon qo‘rqaman, dinimizda ota onaga hurmat qattiq ko‘rsatilgan, endi menga qarg‘ish o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz “Alloh o‘z jazoizni bersin” deb noto‘g‘ri aytgansiz. Buni aytishga hech qanday haqqingiz yo‘q edi. Ota har qanday holatda ham o‘z maqomida qoladi. Kechirim so‘rab roziligini olib qo‘ying. Otaning vazifasi esa, farzandlari va ahlini ta’minlashdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz “Alloh o‘z jazoizni bersin” deb noto‘g‘ri aytgansiz. Buni aytishga hech qanday haqqingiz yo‘q edi. Ota har qanday holatda ham o‘z maqomida qoladi. Kechirim so‘rab roziligini olib qo‘ying. Otaning vazifasi esa, farzandlari va ahlini ta’minlashdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush