Qorbobolik qilish
Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘im yangi yil kunlari qorbobolik qilib pul topmoqchi. Men bu ish mumkin emas, topilgan pul harom bo‘ladi desam ishonqiramaganday. Iltimos, ustozlar nasihat qilsangizlar. Javoblaringizni o‘qitaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi ishlarda o‘zini boshqalarga o‘xshatish bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan.
Odamlar bu hadisni nazar-pisand qilishmaydi. Uning ostida ulkan azob yotganini bilishmaydi. O‘sha qilgan ishini arzimas deb biladi, lekin ayni o‘sha ishlar uning oxiratda kimlar bilan birga bo‘lishini hal qilib qo‘yadi. Hukamolarning “Qanday hayot kechirsangiz shunday vafot topasiz” degan gaplari bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom