Ko‘p ovqatlanish haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Ustozlar, ko‘pgina mashxur domlalar maruzalarida eshitdim va xadis saxixmi yoki yo‘qmi qiziqtirib qoldi. Xadis: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning bir kunda 2 maxal ovqatlanganliklarini ko‘rib, ey Oisha (r.a.) bugun ovqat eyishdan boshqa ish qilmading degan ekanlar, shunday xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu hadisni asli bor yoki yo‘qligini bilmaymiz. Ammo to‘yganidan ortiqchasini eyish isrof ekanligi haqida bir necha hadislar bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:55 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar