Tahorat olganda jarohat ustidan mash tortish

Shayx hazratlari, ijozatingiz bilan savolimni yo‘llasam. Jarohatga suv tegsa, dard kuchayishi yoki tuzalishi ortga surilishi sababidan, tahorat olganda jarohatni, unga suv etmaydigan qilib, bint bilan bog‘lab, uning ustidan masx tortilsa, tahoratdan keyin bint ochib tashlansa, tahorat buziladimi? Bunda jarohatning o‘zi qonamaydi. Suvga bo‘kkan bint uzoq vaqt tursa, suv yaraga etib qolishidan qo‘rqib bint ochib tashlanadi. Savolda kamchiliklar bo‘lsa, ma’zur tuting, ustoz. Allohdan sizga yaxshi oqibat tilayman, baxtimizga sog‘-omon bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yarani bog‘lagan bint ustiga mash tortsa, o‘sha bintni echib olganda tahorat ketadi.

27 May 2022, 03:06 | Savol-javoblar | 172 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar