Qazo afzalmi yoki fidya?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Onam bemor bo‘lganliklari sababli bu yilgi Ramazonda ro‘za tuta olmadilar. Sog‘ayganlaridan keyin qazosini tutganliklari afzalmi yoki fidya berganliklarimi? Onamning nomlaridan men fidya berishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Albatta qazosini tutib berishlari farz. Agar fidya berilsa o‘tmasdan baribir qazosini tutib berishi farz. Mabodo tutib berishga umrlari etmasa fidyasini berishni vasiyat qilishlari vojib. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:56 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar