Ro‘zani uzrli sababga ko‘ra ochish

Assalomu alaykum! Men kasalligim sababli shu yilgi Ramazon ro‘zasini ochishga majbur bo‘ldim, yani tomog‘imdan ukol oldim va yana shimiladigan dori ham qabul qildim. Ro‘zam ochilganligini va keyin qazosini tutib berishim haqida bilaman. Savolim, kasal kunlarimda og‘zimni faqat shu ukol-dorilar uchun ochgan hisoblanib, boshqa suv va taomlanishdan tiyilishim kerakmi yoki og‘zim ochildi deb suv va taomlarni ham iste’mol qilaversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ukol olsangiz ro‘za ochilmaydi. Shimadigan dorini iftordan keyinga kechiktiring. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar