Kasal do‘stimning zakoti

Assalomu alaykum! Bu savolni do‘stim nomidan berayapman. Do‘stimda yurak huruji kasalligi bor, deyarli nogiron, lekin nogironlik berishmagan, sabablari ko‘p. Kasalidan so‘ng arang ishlab anchagina mablag‘ yig‘ibdi. U zakot berishi joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nisobga etganiga bir yil to‘lgan bo‘lsa berishi farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 138 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar