Brilliant taqinchoqlar zakoti

Assalomu alaykum! Men ayol kishiman, yoshim 29da. Uch nafar farzandim bor. Ishlamayman, uy bekasiman. Ayol kishi ham taqinchoqlari nisobiga etsa zakot berishini bilaman. Lekin men tushunmagan bir narsa bor. Meni tilla taqinchoqlarim nisobga etmagan, ya’ni, 85gm ga etmagan. Lekin, turmush o‘rtog‘im brilliant ko‘zli uzuk sovg‘a qilgan edilar. 1) Qimmatbaho toshlar uchun ham zakot beriladimi? 2) Uni qanday hisoblab beramiz? 3) Men hech qaerda ishlamasam zakotni qanday to‘layman? Turmush o‘rtog‘imdan olib beramanmi? Ular o‘zlari ham zakotlarini to‘liq berganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qimmatbaho toshlar uchun zakot berilmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar