Taroveh namozini jamoat bilan o‘qish xaqidagi xadislar

Assalomu alaykum! Bizning masjidimizda imom-domla xar bir tarovex namozi oldidan qilinadigan ma’ruzada tarovex namozini jamoat bilan qoldirmay ato qilib kelayotgan xar bir mo‘min olishi mumkin bo‘lgan ajrlar haqidagi hadisni aytib o‘tadilar va bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat beradilar. Ya’ni quyidagi mazmundagi xadislar: "11 kunda xam qoldirmay tarovexda qatnashgan mo‘min-musulmonlarga "falon-falon" ajrlar ato etiladi" kabi. Shu tarika 12-13-14-kun va xokazo. Har bir kun uchun qanday ajr borligi aytilib o‘tiladigan xadisni xar kuni aytadilar. Bu albatta biz mo‘min-musulmonlarni xursand qiladi. Lekin tarovex namozi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin Umar roziyallohu anhu davrida tadbiq etilganidan chiqib keladigan bo‘lsak, bu xadislar qanchalik saxix? Javoblariz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! U hadis sahih emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar