Erining uyida idda o‘tirmagan
Assalomu alaykum! Muhammad sallollohu alayhi va sallam hazratlarining sunnatlariga amal qilgan holda bir ayolni nikohimga olmoqchiman. Ayolning eridan taloq olganiga 3 yil bo‘lgan. Qonuniy ham ajrashishgan. Ammo idda tutmagan. Sababi ikki farzandi va o‘zini boqish uchun ishlagan. Allohga shukur 5 vaqt namoz o‘qiyman va ushbu ayolni ham 5 vaqt namoz o‘qishga o‘rgatdim. Savolim shuki idda saqlamagan bo‘lsa ham nikohimga olsam bo‘ladimi yoki 3 yil bo‘lgan bo‘lsa ham idda saqlashi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sunnat uchun emas holatingizga qarab uylaning. Idda taloq olingan vaqtdan boshlanadi. Xotin uyida alohida o‘tirmasa ham uch hayz ko‘rib poklanganda iddasi chiqadi. Uch yil bo‘lgan bo‘lsa allaqachon iddasi chiqib bo‘lgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush