Bir-birimizga o‘tib ketsa xarom emasmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz (8 kishi) ijaraga kvartirada turamiz. Ichimizda studentlar, abiturientlar va ustozlar bor. Savolim shuki: haftada oziq-ovqat uchun, kunda non uchun pul yig‘amiz. Hamma barobar pul beradi. Yig‘ilgan puldan ovqat uchun mahsulot olinadi. Kechki payt hamma uchun ovqat qilinadi. Ammo gohida tushlikga ko‘pchilik kelmaydi (ishi, o‘qishi tufayli). Shu sababli birimizning haqimiz birimizga o‘tib ketadi. Lekin, hamma bir biridan rozi hech ham og‘rinmaymiz. Ammo bunga dinimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunga dinimiz "O‘zaro rozi bo‘lsangizlar joiz" deydi. Kelmaganlarni nasibasini olib qo‘yinglar. Ikki barobar eydigan pulni ham ikki barobar ko‘p bersa adolat qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 10:03 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar