Nimadir ushlab turgandek
Assalomu alaykum! Men davlat ishida ishlayman, kun ora ikki kun uyda kvartirada bo‘laman, manna shu ikki kunda ham fikr mulohaza degan tuyg‘u yo‘qolib xuddi karaxtdek bo‘lib birjoyda o‘tiraveraman. Aqlim hislarimga bo‘ysunib hamma narsani taqdirga tashlab, ko‘nglimdan nima o‘y o‘tsa o‘shani bajaraveraman. Oilaliman, Allohimga shukur farzandliman, lekin doim o‘zimdan norozi va qoniqish xosil qilmayman. Bunga atrofimdagilar esa boshqacha qarashadi ya’ni ko‘p ijobiy fikrlar bildirishadi, menda esa xuddi masuliyat yo‘qday. Ustozlar, maslahat beringlar xuddi ruhiy xastadekman bu vaziyatdan xolatdan qanday qutulsa bo‘ladi? Allohim O‘zi kechirsin, gohida o‘qiyotgan namozlarimdan ham kamchilikka yo‘l qo‘yayotgandek tuyulaveradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shuning uchun shariat har bir narsaga o‘lchov belgilab qo‘ygan. O‘sha o‘lchovlarni o‘rganishga harakat qiling. Masalan xayolingizga tahorat masalasi bo‘yicha qanday fikr kesa ham shariat tahoratni ketkazadi deb belgilab qo‘ygan ish sodir bo‘lmasa tahoratli turaverasiz. Fikrlarga berilmay savob bo‘lgan ishni bajarish bilan mashg‘ul bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar