RahmonAli ismi
Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati,
Bizda juda muhim savol bor edi. Bir qarindoshimizning ismi RahmonAli. Rahmon faqat Allohgagina tegishli sifat ekanligini bildirishi bilan men bu ism noto‘g‘ri ekanligini tushunib qoldim. Tabiiyki, oilamizda eng yoshi kattamiz bo‘lgan buvimga bu haqida aytdim. Hattoki “Axir bir odamni ey, Alloh», deb chaqirmaysiz-ku (Astag‘firulloh), “Rahmon” ham faqat unga tegishli nom», deb ham ko‘rdim. Lekin, ular bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishmayapti. “Unda Ali qo‘shimchasi bor-ku?!», deyishyapti. “Ali” nima degan ma’noni bildirishini bilmaymanu, lekin qul yoki banda degani bo‘lmasa kerak. U bola hozir 12 yoshda. Agar ismni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, yoshlik paytida o‘zgartirish ancha qulay bo‘ladi. Savol:
1. Bir bandani bunday nomlash va chaqirish shirk emasmi? (Rahmon ismiga u bolani sherik qilinyapti, Astag‘firulloh)
2. Ali ismini ma’nosi nima?
3. Bu ismni o‘zgartirish kerakmi? Iloji bo‘lsa, o‘zingiz yaxshi ism topib bersangizlar.
Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). U bolani bunday nomlash va chaqirish shirk emas, lekin o‘zgartiri qo‘yish kerak. 2). Alining lug‘aviy ma’nosi “martabasi oliy” deganidir. 3). RahmonAlidan Rahmonini qoldirib Alisini aytib chaqirsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush