Oilam buzulishini xoxlamayman
Assalomu alaykum! 6 oylik kelinman qaynonam to‘ydan kegin ancha urushlar qildi. Onang u narsa olib bermadi mani orzu xavasim bor edi onang yomon deb 2 marotaba uyimga tashlab keldi. Mana yana 1oydan buyon uyimdaman qaynonam to‘ydim o‘zimga mos kelin olaman deb ajrashtirmoqchi. Erim boshida norozi edi ajrashmayman degan edilar endi sandaqa xotin kerak emas deb xaqoratlar qilyabti. Aybim nima meni xamma aytganiz qildim sizi ruxsatingisiz ko‘chaga chiqmadim sizni deb onamdan vos kechdim desam uyni tozalamadin farosatsiz xotinsan domashni telefondan nega uyindegilarga telefon qilasan, axir sanga gaplashish taqiqlangan seni dastindan onamdan tinchlik yo‘q. San bilan yashamayman ertaga ajrashgani boraman deb urushdilar. Alloh guvox biror marta ostonadan xatlab chiqmadim ota-onam uyiga xam bormadim, taqiqlashdi oilam tinch bosen deb qarshilik qilmasdan. Sizlar nima desangiz shu deb telefon xam ishlatmadim, axir meni aybim nima, ularni xurmatlarin joyiga qo‘yib xamma etganlarin qilganimmi? Uy xovli katta yolg‘iz kelinman yangi begona oilaga borib ko‘nikib olguncha xudo xoxlasa xammasini qilaman o‘rganib olsam dedim. Bizni yotoq xonamizga kirib suratga olib mana deb xammaga ko‘rsatibdi qaynonam qachongacha menga o‘xshagan yosh qizlar baxtsiz bo‘lib ota onasining uyiga qaytib keladi. Agar yaxshilikcha ajrashmasam shanimga dog‘ tushuradigan gaplar tarqataman to‘ydan kegingi bokiralik xaqidagi dalil isbot meni qo‘limda, nima qilasilar deb qo‘rqitdi qaynonam. Nima qilay oilam buzulishini xoxlamayman kunda nafl namozlarimda so‘rayman biz indamay kechirim so‘raganimiz sari bizni uyga xam kirgizmay kamsitishmoqda mayli deb sabr qilyabmiz, lekin ular bizni xar xil bemani gaplar bilan tinch qo‘yishmayapti, tezroq ajrashishsin qutulay deb. Naxotki bir qizni taqdiri shunchalik tez bo‘ladigan darajada oson bo‘lsa nima bo‘libti, ajrashgan bitta senmidin xich nima qilmaydi, onangda ayib, mani mensimay aytganim qilmadi battar bo‘lsin ana qizini olsin bopladim deb o‘zimi yuzimga aytdi. Endi bo‘lsa meni jinni kasalga chiqarmoqda nima qilay bu yog‘da erim bu yog‘da qaynonam. Tobim bo‘lmay qoldim uy tozalamaganim uchun boshqa uy ishlarin qilmaganim uchun ajrashishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz quyidagi oyatni ko‘p o‘qing. Alloh taolo "Yusuf" surasida marhamat qiladi: قَالَ إِنَّمَا أَشْكُو بَثِّي وَحُزْنِي إِلَى اللّهِ وَأَعْلَمُ مِنَ اللّهِ مَا لاَ تَعْلَمُونَ 86. U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O‘ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilurman.
Quyidagi duolarni ham o‘qing.
To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!
Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rohimahulloh aytadi:
«To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman:
Birinchisi g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, innii kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va g‘am-g‘ussadan najot berdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 87, 88-oyatlar)
Ikkinchisi katta zarar etgan odam. U qanday qilib Ayyub alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Innii, massaniyad-durru, va anta arhamur-rohimiyn» (Menga og‘ir zarar etdi. Ammo Sen rahm qiluvchilarning eng rahmlisisan) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va unga etgan zararni ketkazdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 83, 84-oyatlar)
Uchinchisi dahshatga tushgan odam. U qanday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlarning «Hasbunalloh va ni’mal-vakil!» (Bizga Allohning O‘zi kifoya, U Zot qanday yaxshi vakil!) degan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Ular Allohning ne’mati va fazli ila qaytdilar, ularga aslo zarar etmadi» demoqda-ku! (Oli Imron surasi, 173, 174-oyatlar)
To‘rtinchisi odamlarning makriga aldangan kishi. U qanday qilib Muso alayhissalomning Qur’ondagi «Va ufavvidu amrii ilalloh. Innalloha basiyrun bil’ibaad» (Ishimni Allohga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarni ko‘rib turuvchidir) degan so‘zidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Alloh uni ularning yomon makridan saqladi» demoqda-ku? (G‘ofir surasi, 44, 45-oyatlar). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush