Astma kasaliman nima qilay?
Assalomu alaykum! Astma xaqida so‘ragandim Salbutamol dorisi sepilsa tomoqdan o‘tsa ro‘za ochiladi deb javob yozibsiz. Endi men nima qilay? Axir shu dorini ishlatmasam bo‘masa, juda qattiq qiynalib qolaman. Dori (Salbutamol)ni og‘izni ichiga sepib qo‘ysam ya’ni, dori tomoqdan o‘pka yo‘liga o‘tmasa baribir yaxshi nafas ololmayapman, majburman xavoni ichkariga tortib dorini sepishga o‘shanda nafasim ochilvotdi. Lekin ro‘za tutishda davom ettirvomman. Maslaxat bering buning boshqa xukmi bo‘sa kerak? Ro‘zani tashash niyatim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shuning uchun bunday kasallikka duchor bo‘lganlar qishning qisqa kunlarida aerozolni ishlatmasdan ro‘za tutishga qodir bo‘lsalar, qazosini tutib beradilar. Agar qishning kunida ham aerozolni ishlatmasdan tura olmasalar, har kuniga fitr miqdoricha, ya’ni ikki kilogramm bug‘doyni yoki qiymatini fidya qilib beradilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za