Do‘stimning haqqi
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr axlidan so‘rang xay’ati. Alloh kilayotgan ishingizga ajru savoblar berishini surab qolamiz. Biz bir do‘stim bilan ish boshlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tadbirkor bilan uchrashib, undan maxsulotini narxini tayin qilib olib, foyda bilan sotib bo‘lgandan so‘ng kelishilgan pulni berishga kelishdik (tavarruk savdo). Do‘stim xozir 1 oylik xarbiy xizmatda va maxsulotni olib kelish, saqlash, xaridor topish, sotish va etkazib berish menga qolib ketdi. Savolim shuki, men topayotgan foydamdan do‘stimni xaqqini ajratib qo‘yishim kerakmi? Bu ishga uni puli xam mexnati xam ketmayapti. Shariatda buni xukmi qanday? Gap shundaki u xarbiy xizmatga jo‘nab ketishidan oldin men foydani yarimini senga ajratib qo‘yaman deb aytib qo‘yganman. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh kilayotgan ishingizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ajratishingiz kerak. Chunki talofatga uchrasa yarmini to‘lash uning zimmasiga bo‘lar edi. Kishi uch narsa tufayli foyda olishga haqli bo‘ladi. 1-dastmoya tikib. 2-mehnat qilib. 3-talofat etsa to‘lashni zimmasiga olib. Bundan boshqa suratda foyda olishga haqqi bo‘lmaydi. Hozirgi kunda ko‘pchilik kimlarnidir biror ishga dalolat qilishadi va doimiy foydaga o‘tirib olishadi. Ularni bunday qilishlari halol emas. Dalolat qilgani uchun bir bor dallollik haqini olishi joiz, qolgani joiz emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat