Qayta nikoh haqida

Assalomu alaykum! Opamni turmushga uzatgandik, ammo pochchamning buvilari opamlarni yashatmadi. Natijada opam uyga qaytdilar. Narsalarni yig‘ishtirishga borilganda pochcham tazyiq ostida opamga «Javobiz o‘ziz bilan» deyishibdi. Oradan vaqt o‘tib pochchamni qiz bolaga uylab qo‘yishdi. Ammo pochcham u qiz bilan bir kecha ham birga qolmadi va 2 haftada u qiz o‘z ota uyiga qaytib ketdi. Keyin pochcham opamni oldilariga kelib yashash niyatlari borligini, alohida uy olib yashashlarini aytdilar. Shu vaziyatda ular qayta nikoh o‘qitishlari joizmi? Ha yana bir gap pochcham opam ko‘ngillarini xotirjam qilishlari uchun unisi uylangan xotinlariga javob beribdilar va «3 taloqsiz» degan auidoyozuvlarini opam ishonishlari uchun qo‘yib beribdilar. Bular endi qayta nikoh o‘qitishlari jozimi? Bir domla agar og‘izga gap olinmagan bo‘lsa nikoh eskirmaydi, zanglamaydi nikoh o‘qish shart emas debdi? Shu haqida  ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Javobiz o‘ziz bilan» degani taloq hisoblanadi. Qayta nikoh o‘qitishlari shart. Agar u erda «Javobiz o‘ziz bilan» degan so‘zni bir necha bor takrorlagan bo‘lsa yoki qo‘shimcha taloqqa dalolat qiladigan so‘zlarni ham aytgan bo‘lsa, masalaning hukmi boshqacha bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar