Zakot hisobidan qarzdorning qarzidan kechish va ko‘chmas mulkdan zakot

Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati a’zolari zakot hisobidan qarzdorning qarzidan kechish tartibi qanday bo‘ladi? Qarzdorga men zakotimning hisobidan qarzingdan kechdim deb og‘ziki aytsa kifoyami yoki zakotinig qarz miqdoridagi qismini qarzdorga qo‘ldan-qo‘lga berib bu mening zakotim deb aytishi, so‘ngra endi qarzlaringizni uzinglar deyishi kerakmi? Qo‘l ostidagi bo‘sh pul mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida uy (ko‘p qavatli uylardan kvartira) sotib olib ijaraga berib qo‘ygan kishi shu uyning tan-narxidan ham zakot chiqaradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Avvalo zakotni farz ibodatini bajaryapman degan niyatda ajratish kerak keyin qarzdrorga mulk qilib berish kerak va Alloh zakotini qabul qilishi duo qilib so‘rash kerak. So‘ng qarzingni bergin deb qarzi evaziga qaytarib olishi mumkin. Kechdim deyish bilan zakot ado bo‘lmaydi. Maqsad mashina sotib olib ijarasidan kun ko‘rish bo‘lgan kishi kabi uy sotib olib ijarasidan foyda ko‘rish bo‘lsa bu zavod va fabrikalarni dastgoh-asboblari kabi bo‘lib ularning qiymatidan zakot berilmaydi. Agar maqsad pulni band qilish va qimmatlaganda sotish bo‘lsa tan narxidan zakot berish farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:11 | Savol-javoblar | 146 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar