O‘yin yaratish joizmi?

Assalomu alaykum! O‘yinlar namozdan qaytarsa va vaxtni isrof qilsa yaxshi emasligi xaqida eshitganman. Xatto shaxmat o‘yini xam, kompyuter o‘yinlari yaratgan odamning xukmi qanday? Xarxil fikrlarim bor aniq javob topa olmayapman. Biri gunoxga sherik bo‘lib qolish mumkun deyilsa, boshqa bir fikrda u o‘zi uchun javob beradi deyilgan. Misol uchun kalta ko‘ylak tikgan odamga gunoxi yo‘k menimcha, pichoq yasab sotgan odam xam kimdir yomon yo‘lga ishlatsa javob bermaydi, o‘yin yaratishda xam shundaymi, PUBG kabi o‘yinlar? Xayotdan uzoq bo‘lgan kino multfilmlarda qatnashishchi? Misol tariqasida Avatar, O‘rgimchak odam xaqidagi kino uchun ishlay olamanmi? Yoki joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning o‘rniga vaqtni boshqa manfaatli loyihalarga sarflash kerak. Bu kabi o‘yinlar yoshlarni g‘aflatda ushlab turish uchun o‘ylab topiladi. Bu ish bilan shug‘ullanadiganlar chetda to‘lib-toshib yotibdi.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِMu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. 
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 16:15 | Savol-javoblar | 0 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar