Ekstrasens

Assalomu alaykum! Mening ismim Jaxongir. Yaqinda oyog‘im og‘rig‘i bilan doktorga murojat qildim. Ular radikulit bilan tashxis qo‘yib shifoxonada yotishimni aytdi. Otam esa meni bir taqvodor tanishlari ekstrasens amaliyoti bilan (xuddiki qo‘lidagi biotok dardlarga shifo bo‘larmish) davolashini aytdi va meni uning oldiga borishimni qistab turib olyaptilar. Men bu narsalarga ishonmayman. Otam aytdilarki, u xam taqvodor, namoz o‘qib ro‘za tutadi. Shunchaki qobiliyati bor, ixlos qilib borgin deb qo‘ymayaptilar. Aytingchi Ekstrasens oldiga borishim meni gunoxkor qilmaydimi? Shunga nima deysiz? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bioenergiya bilan davolash fanda tasdiqlangan, ta’siri borligi ham aniqlangan. Ammo bu ish bilan shug‘illanuvchilarning 80-90%i qallobdir. Agar massaj kabi ish qilsa ruxsat. Unga boshqa g‘aybga tegishli yoki ko‘zga ko‘rinmas kuchlar bilan aloqada bo‘lishini da’vo qilsa bormaslik kerak. U yog‘i safsata. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 164 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar