Quyosh tutilganida qilinadigan ish
Assalomu alaykum! Ota onam tomondan buvilarim elas elas yodimda quyosh oy tutilganda bir idishga un solib qora qozonni uni ustidan ag‘darib qo‘yishardi va Allohdan yaxshilik so‘rab duo qilashdi. Unga qandaydir shakllar paydo bo‘lar va shu shakl orqali yilni qanday kelishini bashorat qilishardi. Yaqindagi quyosh tutilishida onam xam shu ishni qildi va undan aniq qabr shakli paydo bo‘ldi. Ko‘rib turibmizki yangiliklarda o‘lim soni nixoyatda ko‘payib ketganini. Onamni ilmi xam bor, qilgan ishi bidatmasmi? 2). Qur’onni o‘zbekcha tarjimasini o‘qisa savob bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu ish bid’atdan ham yomonroq. 2). Tarjimasini o‘qigan bo‘ladi. O‘zbekchasini o‘qish tilovat hisoblanmaydi. Albatta Qur’on faqat tilovat qilish uchungina nozil qilingan emas. Uni o‘rganib hayotimizga tatbiq qilish uchun nozil qilingan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar