Oyoq panjasining ustki qismi avratmi?

Assalomu alaykum! Ayol kishi oyoq panjasining ustki qismi avrat hisoblanadimi? Imkon bo‘lsa, mazhablardagi qavllarni ham aytsangizlar. Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sahih qavlda hanafiy mazhabida tufuqdan pasti avrat emas. Boshqa mazhab sohiblari quyidagi hadisga binoan qadamning yuza qismi avrat deyishadi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan qilingan bir qavlda ham avrat deyilgan. عن أم سلمة رضي الله تعالى عنها أنها سألت النبي صلى الله عليه وسلم أتصلي المرأة في درع وخمار ليس عليها إزار فقال " إذا كان الدرع سابغاً يغطي ظهور قدميها" روى أبو داود Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:  
U Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Ayol kishi izorsiz, ro‘mol va kamzulda namoz o‘qisa bo‘ladimi” deb so‘radi. U zot “Dir’(ko‘ylagi) qadamini yuzini yopib turadigan darajada uzun bo‘lsa bo‘ladi” dedilar.
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:17 | Savol-javoblar | 160 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar