Xatmi Qur’on haqida
Assalomu alakum! Aziz ustozlar, bugungi kunda har bir masjidmizda o‘qilayotgan tarovih namozidagi xatmi Qur’on haqida. Qorilarimiz har kuni bizga o‘qib berayotgan Qur’on oyatlarini iloji boricha mukammal va chiroyli qilib etkazib berishyapti. Ba’zida adashish va esdan chiqish holatlari ham kuzatiladi. E’tibor berib tingalayotgan odam buni sezishi aniq. Shunda savol tug‘iladi. Agar qori oyatni esidan chiqarsa shu oyatni tashlab ketidan boshqa oyatni o‘qib ketaveradimi yoki esiga tushmaguncha boshidan qaytarib keladimi? Bir tanishimiz bu masalada “Agar qori esidan chiqarsa tashlab ketaveradi, namozdan keyin o‘zi o‘tirib o‘sha tashlab ketgan joyini o‘qib qo‘yadi” dedi. Bu fikr judayam bahsli.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qoldirganini keyingi rak’atlarda o‘qib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qoldirganini keyingi rak’atlarda o‘qib qo‘yadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim