Uch taloqning hukmi

Assalomu alaykum! Meni savolim yana taloq haqida. Oldindan uzur bu savolni berayotganim uchun. Hozirgi vaqtda bir so‘z bilan aytilgan uch taloqni bir taloq hisoblaymiz deganlar ham bo‘layapti. Biz shu paytgacha Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin Shayximiz Muhammad Sodiq hazratlarining javoblariga ishonar edik va ikkilanmay bajarar edik. Hozir og‘ir kun boshimizga tushdi, ammo yo‘lini bilolmayapmiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v) davrlarida bir so‘z bilan aytilgan uch taloq bir taloqdir deyilgan Umar davrlariga kelib bu o‘zgargan. Hozir buni manosini tushunayotganlar majbur bo‘lib ajrashib oila buzulib ketayapti, tushunmaganlar qayta yashab ketayapti. Iltimos maslahat beringlar ikki tomon ham oila buzulishini hohlamayapti, biz qanday yo‘l tutaylik? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uch taloq tushadi. Hazratning gaplari gap. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar