Youtube da mualliflik huquqi
Assalomu alaykum! Youtube mualliflik huquqiga juda mahkam turadi. (A) kanal qo‘ygan videodan (B) kanal 15 soniyagacha lavha olishi mumkin. Undan so‘ng orasiga boshqa lavha joylab yana (A) kanal videosida davom etish mumkin. Masalan man youtube da bir kanal ochsam, boshqa tildagi videoni olib mantaj jarayonida masalan 13-sekundda ustiga boshqa 7 sekund lavha qo‘ysam, shunda asosiy video 20 sekunddan yana ekranda davom etadi. Va uni o‘zbek tiliga tarjima qilsam. (Shu ishim youtube qonuniga muvofiq.) Va tayyor videoni o‘z kanalimda joylasam Shu holda islomiy mualliflik huquqiga to‘g‘ri keladimi? Youtube mualliflik huquqi qonuni 1) boshqa videodan 15 sekundgacha lavha olish mumkin 2) 2 ta 15 soniyalik material orasi boshqa video bilan ajratilgan bolishi kerak. 3) boshqa materialdan foydalanayotgan blogger yuqoridagilarga amal qilgan holda ozi ovoz berishi kerak. Bu qoidalarni biroz buzganda ham Youtube kanalni berkitib yuboradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishingiz yutub qonun-qoidalariga muvofiq emas, balki ziddir. Shariatimiz ham muallifning ruxsatisiz uning materialidan tijoriy maqsadda biror shaklda nusxa ko‘chirishga izn bermaydi. Vallohu a’lam!
22 Iyul 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 156 | Mediya