Murakkab vaziyat
Assalomu alaykum! Bir murakkab masala bo‘yicha yordam bersalaringiz, Alloh sizlar sabab echim bersa ajabmas. Meni bir tanish akam bor, 3 yil oldin Qozog‘istonda tanishganmiz, o‘qishga borganda, u xam Uzbekistondan. U akam kelgandan keyin uyiga biror marta ham aloqaga chiqmagan, qanaqadir g‘alati, hayottan to‘yganday yurardi, uydagilari surishtirsa raqamlarini o‘zgartirib o‘zini olib qochardi, shu shu 3 yil o‘tdi mana oradan, u 1chi yiliyoq o‘qishni tashlab ishga chiqib ketdi, shundan beri ishlab yuribdi, uni tanishlaridan surishtirganimda ota-onasi bilan muammosi yo‘qligini, faqat akasi bilan munosabatlari yomon ekanligini bildim, ota-onasi keksa odamlar, hozirgacha surishtirib yurishibdi o‘g‘lini tirigini ham o‘ligini ham bilishmaydi. Men ham karantin sabab O‘zbekistonga qaytgandim, hozir ish bilan keldim, u bilan ko‘rishdim, ahvoli yanayam yomonlashgan, mendan boshqa hech kim bilan aloqada emas, sog‘ligi yomon, irodasi judayam sust, Alloh rizqini berib turibdi Alhamdulillah, biror muammo bo‘lsa o‘zini o‘ldirishdan ham qaytmaydigan ahvolga kelgan, tarki dunyo qilgan desa ham bo‘ladi, menga ishongani uchun men bilan gaplashadi, birov so‘rasa bilmayman deb ayt degan. Hozir uni ota-onasi huzuriga qaytarish uchun ancha nasihat qildim, dindan xabari boru biroq hech qachon ibodat qilmagan, chet el ma’ruzachilarini tinglaydi, Muhammad Xoblosga o‘xshagan insonlarni. Masjidga juma kuni chaqirib ham kirgizolmadim, biroq xarakteri yaxshi, ko‘ngli ochiq, menga juda ko‘p foydasi tekkan, faqat hozir unga bir muammo bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirishdan aslo qaytmaydigan holatga kelgan, shu uchun avaylab muomala qilaman, bu insonni juda yaxshi ko‘raman, hayotga qaytishi uchun nima qilish kerakligini bilmayman, hammasi baribir bo‘lib qolgan, ishlaydi, eb-ichib yuradi, o‘zini davolashni o‘ylamaydi ham, erta o‘lib ketamiz baribir deb yashaydi, ichmaydi, chekmaydi. Nima qilishni bilmayapman, ota-onasiga aytsam darhol etib kelishadi, lekin bu o‘zini bir nima qilib qo‘yishidan qo‘rqaman. Alloh deydi, hammasini tushunadi, lekin irodasi engilgan, uyiga qaytmaslikka qasd qilgan, hammasi baribir bo‘lib qolgan. Imkon qadar maslahatlarizni, nasihatlarizni bersalaringiz, bir insonni avvalo Allohni izni bilan hayotini va oxiratini saqlab qola olsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onasi bilan ko‘rishishiga sharoit qilib bering. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onasi bilan ko‘rishishiga sharoit qilib bering. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar