Telegramda uchrovchi holatlar yuzasidan
Assalomu alaykum! Bizningcha bunday hodisalar ko‘p sodir bo‘lyapti oramizda. Biz telegramda ilmiy (dunyoviy) mavzuda guruh tashkil qilganmiz. Baholi qudrat ilm ulashib, mavzular haqida muhokama qilamiz Lekin ba’zida diniy mavzuda ham ma’lumotlar (savollar ham) tashlab turiladi va ularni muhokamasi boshlanib ketadi. Hatto ularning kommentlari ilmiy mavzunikidan ham oshib ketadi. Hozirgacha bunga xayrixohlik bildirganimiz boisi shuki, Alloh taolo o‘zining muborak kalomida: “Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar”, deb marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar) hamda majlislarda Olloh va uning Rasuli hisoblanmish payg‘ambarimizMuhammad sollallohu alayhi va sallamni esga olib turish kerakligi haqidagi hadislarga ko‘ra to‘g‘ri deb o‘ylardik. Ammo ba’zan bu muhokamalar, ma’lumotlar natijasida guruh maqsadidan chetlab ketiladi.Aslini olganda, biz ozgina bilimimiz bilan bularni muhokama qilishimiz to‘g‘rimi? Diniy ilmni, savollarimizni alohida shunga o‘xshash saytlardan bilib olsak yaxshiroqmasmi? Axir sahobalardan savol so‘rashsa ular buning katta ma’suliyatini his qilgan holda o‘zlaridan bilimliroqqa yo‘llashganku. Shu sababli guruhda bo‘layotgan ishlar joizmi? Bu muhokamalarni ma’lum vaqt(2-3 soatlar o‘tgach)dan so‘ng o‘chirib tashlasak bo‘ladimi? Agar ushbu narsa diniy ma’lumot bo‘lsa-chi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar o‘rtaga bir “Shu o‘rinda shariat hukmi nima? Buni bilganlardan so‘raymiz” degan qoida kiritinglar. Ikkinchi qoida “Maqsadimiz tortishish, kimnidir nafsoniyatiga tegish bo‘lmasin”. Chunki ilmga ular aralashsa ilm hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar