Namozni yotib o‘qiguvchining taxorati

Assalomu alaykum! Tik-turib yoki o‘tirib namoz o‘qolmaydigan odam yotib o‘qisin degan gapni bilamiz. Savol; yotib o‘qidigan odamdi taxorat olishi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Birortasi tahorat qildirib qo‘ya oladigan bo‘lsa tahorat qildirib qo‘yadi. Agar tahorat qildiradigan odam bo‘lmasa yotgan joyida tayammum qiladi. Bu erda asosiy muammo yotgan insonning bavl yoki hojat qilganida istinjo qildirish bo‘lishi mumkin. Erkak kishi bo‘lsa ayoli, ayol kishi bo‘lsa eri qo‘liga qshlqop kiyib avratini yuvib qo‘yishi mumkin. Ular bo‘lmagan holatda o‘shanday yuvmasdan namozini o‘qiyveradi. Ba’zilar ko‘nglim bo‘lmayapti deb Alloh taolo farz qilgan namozni qoldirishadi. Bu uzrga kirmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar