Ro‘zani minnat qilib qo‘ygan bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Biz xozirgi kunda ro‘zadormiz. Kechkurin maxallada ro‘zadorlarni xar kuni bitta oila iftorlikka chaqirishadi. Iftorlik boshlangan payti oramizdan bittasi,(yoshi kattaroq) qorni to‘ymaguncha xech kimni gapirishiga yo‘l qo‘ymaydi. U kishini bu qilig‘i ro‘zani birovga minnatga tutayotgandek bo‘lib qolayapti. Xatto bir kuni ro‘za bo‘lmagan odam gapirganda ro‘za tutsang bilarding ovqat vaqti birov gapirsa deb qichqirib qoldi. Uning bu gapidan biz yoshlar ajablanib qoldik. Naxotki ro‘zani birovga minnat qilib tutushsa. Shu gapdan keyin bizlar iftorlikni uyda qilib torovex nomozini birga o‘qisak nima bo‘larkan deb sizdan maslaxat so‘ramoqchi edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ixtiyoringiz. Ammo hadislarda gunoh ishlar qilinadigan joy bo‘lmasa aytilgan joyga borish vojib deyilgan. Yoshlar bitta keksaning injiqligini ko‘tarib duosini olishga harakat qilgan yaxshi. Hamma o‘z haqqini talab qilaversa ittifoqlik bo‘lmaydi. Iftorlik qiluvchilar ham savobdan bebahri bo‘lib qolishadi. Odamlardan etadigan ozorlarga sabr qilish, kechirimli bo‘lish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar