Qo‘rqinch

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiydigan odamni ko‘rsam yoki oldida yursam ichimda qo‘rquv bo‘ladi, o‘z-o‘zimdan undan yiroqlashishga tushaman. Xuddi mani urib o‘ldirib qo‘yayotgandek.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Din dushmanlari shunchalik darajada harakat qilishdi. Hatto farzandlarimiz otasi kim va onasi kimligini, mo‘min yoki kofirni ajratolmaydigan bo‘lib qolishdi. Tabiatda bir qurt bo‘larkan. Aslida u daraxtlarda hayot kechirib, pokiza havodan nafas oladi. Biror sabab bo‘lib najosatga tushib qolsa o‘sha erda yashab, tabiati o‘sha najosatga o‘rganib qoladi. Najosatdan chiqqach pokizalik, xushbo‘ylik, toza havo unga yoqmay qoladi va ulardan nafratlanadigan bo‘lib qoladi. Oxir oqibat vafot ham topadi. Bizni ham 70 yil balki undanda ko‘proq xudosizlik g‘oyalari bo‘lgan nopok muhitga solib qo‘yishdi. Pokiza dinimizdan, Alloh va rasuli buyurgan ta’limotlardan uzoq tutishdi. Natijada biz ham o‘sha qurt kabi bo‘lib qoldik. Endi o‘sha pokiza muhit ichiga kiraylik va aslini o‘rganaylik. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar