Jarima qo‘llash joizmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, biz do‘stlarim bilan 1 oyda bir puldan kassa o‘ynaymiz. Biz bu ishni boshlashdan oldin, intizomiy jazo qo‘llash maqsadida, kelmagan odam kassa puliga qo‘shib kelmaganligi uchun jarima puli to‘lashini va shu jarimadan yig‘ilgan pullarni galdagi yig‘ilishiz xarajatlariga ishlatishni kelishib olganmiz. Savolim shuki, yig‘ilishga kelmagan odamdan intizomiy jazo sifatida pullik jarima olib qolishimiz va shu jarimani yig‘ilish xarajatlarini qoplash uchun ishlatishimiz joizmi? Sizlardan iltimos shu masalaga oydinlik kiritishda yordam bering. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:19 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom