Miskin bo‘lib ro‘za tutmasa fidya berishi shartmi?
Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolimni tog‘amlarning iltimoslariga binoan bermoqchiman. 1). Tog‘amla va ayollari 66 yoshda. Tog‘amla infarkt bo‘ganla doimo dori ichib yurishlari kerak. Ayollari ko‘p yillardan beri qand kasallar. Xar uch kunda dializga oborishadi, bir oyoqni kasallik tufayli kesishdi. Nafaqasi, bollarini topgani bularning dorilari, bolnitsa, dializladan ortmidi. Dializga oborish uchun arendaga moshina olishdi, uyam qarz xisoblanadi. Kasallik tufayli ro‘za tuta olishmaydi. O‘zligi moddiy qiynalib turishganda fidya berishligi shartmi? 2). Fidyani musulmon bo‘lmagan kambag‘alga bersa bo‘ladimi(bu mening savolim). Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Fidya miqdori 2 kilo bug‘doyning qiymatichalik bo‘ladi. Ya’ni 2 kg bug‘doy bozorda necha pul tursa shuncha pulni berishi kerak bo‘ldi. Hech qanday imkoniyati bo‘lmasa, istig‘for aytadi. Imkon bo‘lganida, to‘laydi.
2). Musulmon bo‘lmaganga berilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:21 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za