Shar’iy xiyla emasmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam xar qanday foyda keltiruvchi qarz ribo ekanini bilaman. Nasiya savdo haqida xam ko‘pchilikda ma’lumot bor. Ko‘pchilik savdogarlar naqdga 100 so‘m foyda qo‘ysa, nasiyaga 150 so‘m foyda ko‘yib sotadi. Ba’zi savdogarlar ko‘proq foyda ko‘rish maqsadida naqdidan ko‘ra ko‘proq nasiya savdoga qiziqib qolgan vallohu a’lam. Qarz olmoqchi bo‘lgan odam ribodan qochish maqsadida nasiyaga biror narsa sotib oladi. O‘sha sotib olgan narsasini naqd pulga sotib boshqa ishga sarflaydi. Ba’zi xollarda sotuvchi xam bu narsadan xabardor bo‘ladi. Bu narsa shar’iy xiyla bo‘lib qolmaydimi. Savol noto‘g‘ri bo‘lsa uzr. Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Buni shariatimizda tavarruq, ya’ni pulni qo‘lga kiritish muomalasi deyiladi. Tavarruq haqida siz kabi fikrlarni bildirgan ulamlar ko‘p bo‘lgan. Xulosa o‘sha olgan narsasini oluvchi sotuvchining o‘ziga qaytarib sotishi joiz emas. Uchinchi shaxsga sotishi joiz deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:21 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar