Migren kasalligi huruj qilganda

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlarni Muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Ustozlar migren kasaliga chalingaman. Kasallik xuruj qilgan vaqt boshimni ko‘tarolmay qolaman, xar bir ortiqcha xarakat og‘riqni kuchaytirib yuboradi, hatto dori xam ta’sir qilmaydi. Shunday vaqt namozimni ado etolmay qolsam menga gunox bo‘lmaydimi? Og‘riq kamayishi bilan qazosini darxol o‘qib olaman. Shunday vaziyatda menga shariatning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yotgan holda, ishora qilib o‘qisangiz salomatligingizga zarar qilmasa o‘shanday o‘qishingiz farz bo‘ladi. Tahorat a’zolaringizni bir martadan yuvib qo‘yishsa ham shu holatingizda kifoya qiladi. Bunda og‘riq kuchaymaydigan darajada ishora qilishingiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar